12 ta viloyat uchun tayyorlangan 35 dona "Aqilvoy" ko'chna bolalar bog'chasini o'z egalariga topshirdik.

photo_2025-03-19_12-27-53.jpg

2025 yil 14-mart kuni, Samarqand avtomobil zavodida ishlab chiqarilgan 35 dona SAZ HD50 avtobuslari asosida tayyorlangan ko'chma bolalar bog'chalari o'z egalariga topshirildi. Ushbu maxsus tayyorlangan avtobuslar, Maktabgacha ta'lim vazirligi bilan hamkorlikda, ko'chma ta'lim muassasalarini yaratish maqsadida ishlatish uchun mo'ljallangan. Ko'chma bolalar bog'chalari, o'zining zamonaviy dizayni va yuqori sifatli jihozlari bilan ta'lim va tarbiya jarayonini yanada samarali o'tkazishga imkon yaratadi.

Bu loyiha, ayniqsa, turli hududlardagi bolalar uchun sifatli ta'lim olish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan. SAZ HD50 avtobuslari, nafaqat transport funksiyasini bajaradi, balki har bir avtobusda mo'ljallangan barcha sharoitlar bolalarning qulay va xavfsiz ta'lim olishini ta'minlash uchun ishlab chiqilgan.

Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan amalga oshirilgan ushbu loyiha, bolalar ta'limi va rivojlanishiga yangi yondashuvlarni joriy etishning muhim bosqichidir. Avtobuslar maxsus o'qituvchilar va bolalar uchun barcha zaruriy sharoitlarga ega bo'lib, ta'lim muassasalari mavjud bo'lmagan joylarda ham ta'lim jarayonini davom ettirishga imkon beradi.

Boshqa postlar

IMG_5354.JPG

"BEIQI FOTON MOTOR kompaniyasi vitse-prezidenti va FOTON INTERNATIONAL kompaniyasi prezidenti" O'ZBEKISTONGA TASHRIFI !!!

Bugun biz uchun alohida kun! FOTON zavodi prezidenti bizning distribyutorlik markazimizga tashrif buyurdi. Bu tashrif ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, yuqori texnologiyali transport vositalari ishlab chiqarishni rivojlantirish va o'zaro manfaatli hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida amalga oshirildi.

08.11.2024

photo_2024-10-23_18-40-27.jpg

"2024-yil 22-23-oktyabr kunlari O‘zbekiston-Qirg'iziston "Qirg‘iziston Respublikasi Rivojlanish Fondi Prezidentining yetti viloyatdan vakolatli vakillari delegatsiyasi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent shahriga tashrif buyirishdi.

01.11.2024

0G5A7049.JPG

FOTON UZBEKISTAN va Mikro Leasing o‘rtasidagi hamkorlik

Biznesingiz uchun ishonchli va qulay yechim izlayapsizmi? Bizning yangi hamkorligimiz orqali siz FOTON avtomobillarini endi Mikro Leasing kompaniyasi orqali lizingga olishingiz mumkin!

08.10.2024

Savollaringiz bormi?

Biz har doim sizga yordam berishga tayyormiz. Sanami bilan bog'laning yoki kontaktlaringizni qoldiring!?

Instagram sahifamizga obuna bo'ling

Bizning jamoamiz mijozlarimizga shaxsiy tajribani taqdim etishga intiladi

instagram

Biz mijozlarga ajoyib xizmat ko'rsatishimiz va tafsilotlarga e'tibor berishimiz bilan faxrlanamiz.

Mualliflik huquqi © 2024. Barcha huquqlar himoyalangan.